Bir yillik .CN domeyni - atiga 3$

KamalakDotNet 10 kunlik .CN TLD tadbirini e’lon qiladi. Ushbu 10 kun davomida .CN domeyn zonasida xohlaganiz (albatta avvaldan band bo’lmagan) domeynni atiga 3$ to’lov badaliga bir yilga ro’yxatdan o’tkazishingiz mumkin.

Nima uchun .CN?

10 kunlik tadbir mobaynida eng arzon narxda dunyoning beshdan bir aholisini tashkil qiluvchi Xitoy davlat domeyniga ega bo’lishingiz va kompaniyangiz dovrug’ini dunyodagi eng ulkan bozorga bildirishingiz mumkin bo’ladi. Bundan tashqari .CN “mahalliy” domeyn nomiga ega bo’lgan kompaniya bilan ishlashda Xitoylik mijozlarga o’ziga yarasha ishonch beradi. Agar Xitoy bozorida yangi bo’lsangiz, .CN domeyni Xitoyda o’z kompaniya brendingizni keng yoyishga bo’lgan ilk qadamlaringizda yordamchi bo’ladi. Bu xatto, hozirda .COM yoxud .NET zonalarida domeynga ega bo’lgan kompaniyalar uchun ham foydalidir.

Qolaversa, hozirda .CN domeyn zonasi 13 milliondan ortiq faol domeynlari bilan xatto .NET TLD zonasidan ham mashxur bo’lishga erishdi. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang - hoziroq .CN domeyni ro’yxatdan o’tkazish uchun murojaat qiling.

Yandi TLD - .TEL

2008 yil 3 Dekabrdan boshlab yangi TLD, .tel, uchun ro’yxatdan o’tkazish boshlanadi.

Ushbu TLD‘ning boshqalaridan eng katta farqi shuki, ma’lumotlar uchun xosting DNS‘ning o’zida bo’ladi. .tel‘ning asosiy maqsad va vazifalari quyidagichadir:

  • Kompaniya, tashkilot va shaxslarning barcha aloqa vositalari hamda ma’lumotlarini (manzil, tel/faks, IM, VOIP, veb/e-mail, ijtimoiy netvorklar v.h.k) bir joyda integratsiya qilish;
  • Aloqa vositalari ma’lumotlarini bevosita internetda chop etish (real-time);
  • Shaxsiy va tijoriy ma’lumotlarni himoya qilish;
  • Kompaniya va shaxslarga bog’lanishning qulaylashtirish;
  • Mobil uskunalar orqali ma’lumotlar olishga global sharoit yaratish;
  • Ko’p tillik, izlash sistemalariga moslashtirilgan ma’lumot yetkazish.

.tel TLD uchun ro’yxatdan o’tkazish 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Sunrise - birinchi bosqich, “Tong”. Bu bosqichda faqatgina davlat(lar) ro’yxatidan o’tgan savdo markalari egalarigina qatnasha oladilar va domen ro’yxatdan o’tkazish murojaatlari maxsus guruh tomonidan tekshiruvdan o’tkaziladi. Yuqorida aytilganidek, bu bosqich 3 Dekabrdan boshlanadi.
  2. Landrush - ikkinchi bosqich, “Hamla”. Bu bosqichda .tel domenlari maxsus (qimmat) narxlarda taklif qilinadi hamda eng kam ro’yxatdan o’tkazish muddati 3 yil bo’ladi. “Hamla” bosqichi barcha uchun ochiq bo’lib, 2009 yil 3 Fevraldan 23 Martgacha davom etadi.
  3. General Availability - so’nggi bosqich, “Umumiy ro’yxatdan o’tkazish”. Bu bosqich 2009 yil 24 Martdan boshlanadi va barcha uchun ochiq bo’ladi. Domen ro’yxatdan o’tkazish, umumiy qoidalardagi kabi, eng kamida bir yillik muddat bilan amalga oshiriladi.

.tel uchun ro’yxatdan o’tkazish hali boshlanmagan bo’lsada, Telnic saytida ushbu TLD qanday ishlashini sinab ko’rishingiz mumkin: vip.tel

KDNga maktublar: WebMoney hisob raqamimni qanday to’ldiraman?

27 Avgustda Abdu… yuborgan savol:

WebMoneyda hisob raqamimni qanday to’ldirishim mumkin, iltimos batafsilroq javob yozsangiz.

Al-Javob:

Avvalo, bizlarga maktub yo’llaganingizdan bag’oyat minnatdor ekanligimizni izhor qilsak.

Murojaat qilganingiz savol borasida esa, bizlarning WebMoney’ga to’g'ridan-to’g'ri hech qanday aloqamiz yo’qligini bildirib o’tsak. Bevosita savolingizning javobi esa quyidagicha:

WebMoney hisob raqamini to’ldirishning bir necha usullari mavjud:

Shulardan o’zingiz uchun qulay bo’lgan birortasi orqali o’z WebMoney hisob raqamingizni to’ldirib olishingiz mumkin.

Hurmatla,
Shuhrat

30 kunlik pulni qaytarib olish xizmati nima?

Bizda hosting olganingizdan boshlab 30 kun ichida fikringiz o‘zgarib xizmatimizdan foydalanish niyatidan qaytsangiz, Sizga to‘lagan pulingizni qaytarib beramiz.

Pul o’tkazishning qanday usullaridan foydalana olaman?

Xizmarlarimiz uchun

  • Naqd (faqat Toshkent shahrida to’lovchilar uchun),
  • Webmoney,
  • Visa,
  • va Paypal

tizimlaridan to’lovlar qabul qilamiz.

O’zbek internetida eng qulay va arzon hosting

O‘zbek internetida o‘z shaxsiy veb sahifangizni ochishingiz hali bu qadar oson va qulay bo‘lmagan edi!

Siz agar o‘z firmangiz haqida asosiy ma‘lumotlarni - manzilingiz, mahsulotlaringiz, telefon raqamlaringiz va xizmatlaringizni internetdagi o‘z veb sahifangizga joylashtirmoqchi bo‘lsangiz yoki shahsiy veb sahifangizni tuzmoqchi bo‘lsangiz yillik 6000 so‘m bo‘lgan (ha, yanglish o‘qimadingiz, bir yil uchun atigi olti ming so‘m to‘laysiz holos) “VIZITKA” ta‘rif rejamizdan foydalaning.

Agar siz talaba bo‘lsangiz CMS larning barcha qulayliklari bilan (ma’lumotlar bazasi, PHP va hokazolar) foydalanishga imkon beradigan kichik veb portalingizni o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz “TALABA” nomli yillik 9600 so‘m to‘lovli tarif rejamizdan foydalaning.

Tarif rejalarimiz

WebMoney - internetdagi hisob-kitoblaringiz uchun eng qulay vosita

Bankda o’zingiz istaginingizcha tasarruf qila oladigan hisob raqamingizga egamisiz? Eng katta bozor bo’lmish internetda sotilayotgan arzon mahsulotlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishni istaysizmi?

Buning uchun WM Keeper Classic dasturini kompyuteringizga o’rnatishingiz va o’zingiz uchun hisob raqami ochishingiz kifoya.

WM Keeper Classic sizning kompyuteringizda o’rnatiladigan aloxida dastur ko’rinishida tuzilgan. Instalyatsion arxivni so’nggi versiyasini http://webmoney.ru veb sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin. Shundan so’ng olingan faylni ishga soling va ekranda paydo bo’luvchi ko’rsatmalarga qarab ish ko’ring.

Ro’yxatdan o’tish jarayonida sizga betakror 12 xonali WM-identifikatori beriladi. Buning uchun WM Keeper Classic dasturi ikkita:

  • kalit uchun (odatda u *.kwm kengaytmasiga ega bo’ladi) va
  • xamyonlaringiz uchun (*.pwm kengaytmasiga ega bo’ladi) faylar tuzadi.

Sizga bu fayllarni saqlash uchun joyni ko’rsatish taklif etiladi. Keyinchalik siz uni «Безопасность» dialogida (dastur menyusining «Настройка программы» bandi) o’zgartirishingiz mumkin.

WM Keeper Classic dasturi start menyusidan ishga tushiriladi. Ekranda dasturga kirish dialogi paydo bo’lgach, «Вход» tugmasini bosib, ro’yxatga o’tish paytida tayinlangan o’z WM-identifikatoringiz va parolingizni kiriting. Dastur sertifikatlashtirish serveriga ulanadi (Online xolati). So’ng siz bemalol WM-xamyonlaringizni ko’rasiz va tizim doirasida internet orqali pul qabul qilib olish va jo’natish operatsiyalarini bajarish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

WebMoney haqida

WebMoney Transfer hisob tizimi real vaqt sharoituda WebMoney (WM) titul birliklarida hisob-kitobkarni amalgam oshirish imkoniyatini yaratadi. Titul birliklarining harakati mijoz tomonidan WM Keeper dasturi yordamida amalgam oshiriladi.
Dastur bir necha turdagi turli aktivlar bilan ta‘minlangan va tegishli hamyonlarda saqlanadigan titul birliklari harakatini ta‘minlaydi:

  1. WMR - RUR ning R-hamyonlardagi ekvivalenti
  2. WME - EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti
  3. WMZ - USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti
  4. WMU - UAH ning U- hamyonlardagi ekvivalenti
  5. WMY - UZS ning Y- hamyonlardagi ekvivalenti
  6. WM-C va WM-D - WMZ ning C- va D- hamyonlardagi kredit operatsiyalari uchun ekvivalenti

Davomi

Xush kelibsiz!

Bu KamalakDotNet blogidagi birinchi postimizdir. Ushbu blog orqali sizlar bilan hosting, dizayn va elektron to‘lovlar bo‘yicha fikr-muloxazalar almashinamiz.