AutoRun-вируслари муаммосини батамом ҳал этиш (1)

Охирги вақтларда autorun вируслари барчани бошини (шу жумладан компьютерини ҳам) қотираётган муаммога айланди. Менга ўхшаб компьютер билан ўралашиб юрадиган деярли барчада USB-флешкалар бор. Кўпчилик хе йўқ бе йўқ шу флешкларини тўғри келган компьютерларга суқиб флешкадаги вирусларни хаммага юқтириб юрадилар,

Антивирус ишлатиш мумкин, лекин кўпчилик “мақтайдиган” касперский антивируси бор компьютерлар хам шундай вируслар билан касалланиб юргани барчага маълум. Шахсан мен касперский антивирусини ишлатмайман, ундан яхши антивирусларни бепулга топиш мумкин, лекин бу алохида мавзу.

Айнан AutoRun вируслари бугунги кунда энг кўп тарқаган касаллик. Вируснинг қандай ишлашини билиб олсангиз ва элементар қоидаларга риоя қилсангиз ўзингизни ҳам флешкангиз орқали бошқаларни ҳам бу касалликда ҳимоя қила оласиз.

Ҳуллас, мавзуга ўтсам. Windows операцион системасининг автозапуски хар қандай антивирус учун истисно ҳолат, чунки, вирус дискнинг (USB) компьютерга уланиш вақтида юқади.

Windows XP да одатда уланадиган дискларнинг “автозапуск” и ўчирилмаган бўлади. Айнан шунинг учун хам Autorun типидаги вируслар жуда кенг тарқалди. Windows нинг 2000 и 2003 версияларида CD лардаги Autorun вируси билангина касаллантириш мумкин. Лекин, вирусни CD билан кўпчиликка юқтириш амру-маҳол, аммо флешкалар – энди бу вирус учун мукаммал восита. Шунинг учун агар сизда Windows XP бўлса, ва сиз уни махсус созламаган бўлсангиз ўз компьютерингизга навбатдаги дўстингизнинг флешкасини қўйишда вирус юқтириб олишингиз хавфи бор. Бу вируслардан ҳимоянинг 2 усули ҳақида тўхталаман.

Биринчи усул

Пуск/Выполнить ни босинг.

start-run

Очилган диалода gpedit.msc деб ёзинг ва ОК ни босинг

run-gpedit

Групповая политика ойнаси очилади.

win_xp_gruh_siyosati

Ундан Конфигурация компьютера – Административные шаблоны – Система. Бўлимини очинг ва “Отключить автозапуск” ёзувини устига икки маротаба босинг.

xp_guruh_siyosati_autorun

Очиладиган диалогни қуйидагича созланг.

autorun_uchir

Бу интерфейс орқали автозапускни фақат:

    CD лар учун ўчириш (бунга USB билан уланадиган дисклар, флешкалар ва тармоқдан уланадиган дисклар ҳам киради) ёки
    барча дисклар учун ўчириш мумкин.

CD ларнинг ўзи опция танланганда компьютердаги бошқа дискларнинг автозапуски ўчмаганлиги учун вирус билан зарарланиш хавфи қолади шунинг учун мен автозапускни “барча дисклар учун” ўчиришни тавсия қиламан.
Мабодо сиз CD дан бошқа ҳамма жойда автозапускни ўчирмоқчи бўлсангиз бунинг учун реестрда ўзгартириш киритиш керак бўлади.
(Лекин нима қилаётганингизни билмасдан реестрда хатога йўл қўйсангиз бу эхтиётсизлигингизнинг оқибати Windows ни қайтадан ўрнатиш билан тугаши мумкин.)

Бунинг учун
HKLM\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\Explorer\NoDriveTypeAutoRun да DF, керакли рақамлар йиғиндиси бўладиган белгини қўйиш керак:
0×01 (DRIVE_UNKNOWN) — нималиги аниқланмаган диск
0×02 (DRIVE_NO_ROOT_DIR) — тармоқдаги дисклар
0×04 (DRIVE_REMOVABLE) — уланадиган дисклар (флешка, дискета)
0×08 (DRIVE_FIXED) — қаттиқ диск
0×10 (DRIVE_REMOTE) — тармоқдан улаб олинган диск
0×20 (DRIVE_CDROM) — CD-дисковод
0×40 (DRIVE_RAMDISK) — виртуал дисклар (RAM-диск)
0×80 (DRIVE_FUTURE) — келажакда бўладиган диск турлари

Бу типларнинг барчасининг йиғиндиси 0xFF, барча дисклар учун автозапускни ўчиради.

Windows 2000 ва 2003 версияларида одатда 0×90 белигиси туради (уланадиган дисклар, тармоқдаги дисклар ва номаълум дискларга автозапуск ўчирилган)
Windows XP да эса 0×91 (тармоқдаги дисклар ва номаълум дискларга автозапуск ўчирилган)
Windows XP нинг Home Edition версиясида реестрда Explorer бўлими ҳам, бу калитнинг ўзи ҳам йўқ, Шунинг учун сиз бўлимни ўзингиз тузишингиз ва NoDriveTypeAutoRun параметрини киритишингиз керак (“Создать” / “Параметр DWORD”).

Бу билан компьютеримиз автозапуск вирусларидан ҳимоя қиламиз. Хўш, флешкамизни шундай вирус билан касалланган комплардан вирус илаштириб олмаслиги учун нима қилишимиз керак?

Бунинг йўли жуда осон. Флешкангизнинг ўзак каталогида янги папка тузасиз ва унга autorun.inf деб ном берасиз.

papka_tuz

autorun_inf

Бу янги autorun.inf папкасининг ичига бирорта бекорчи кичик файллардан ёзиб қўясиз.
Албатта флешкангиз бу пайтда соғлом бўлиши керак. Гап шундаки, папка билан файл номлари windows да бир ҳил кўрилади ва автозапуск вируси сизнинг флешкангизга “вақтинча пропискага кўчиб ўтиши” учун харакат қилганда флешкадаги худди шу autorun.inf номи билан папка туриши унинг режаларани пучга чиқаради. Бу папканинг бўш эмаслиги эса бу папкани ўчириб ўрнига ўзини ёзишдан тўсиб туради.

Агар бу мақолага қизиқиш бўлса, иккинчи услуб ҳақида ҳам кейинроқ батафсил тўхталиб ўтаман.

KDN goes open

Xurmatli foydalanuvchilar,

Yaqin kunlarda KamalakDotNet xizmatlarida juda katta burilish yasaladi, aniqrog’i xizmat ko’rsatish uslubimizda o’zgarish yuz beradi.

Domen, xosting xizmatlarini sotib olishingiz, to’lovlarni amalga oshirishingiz yanada qulay bo’ladi. Yangiliklar jarayonida biz bilan birga bo’ling :)

Google Apps yordamida shaxsiy elektron pochtaga ega bo’ling

Endi KamalakDotNet orqali domen yoxud xosting sotib olgan mijozlarimiz o’zlari uchun shaxsiy elektron pochta adresi ochishlari mumkin. Bunday imkoniyat Google Apps yordamida amalga oshirildi.

Quyida xosting boshqaruv paneli (cPanel) orqali shaxsiy elektron pochta adresini ochish uslubini ko’rsatib o’tamiz.

1. Avvalo Google Apps’ning shaxsiy elektron pochta adres ochish sahifasiga o’tamiz: http://www.google.com/apps/intl/ru/group/index.html (ingliz tilida ishlash qulayroq bo’lgan foydalanuvchilar ushbu sahifadan foydalanishlari mumkin).

2. So’ngda “Начало работы” tugmamsiga bosamiz:
google_apps-get_started
Davomi

Qanday qilib .UZ domen ro’yxatdan o’tkazsa bo’ladi?

Afsuski, hozirda KamalakDotNet .UZ domen zonasida domenlarni bevosita ro’yxatga o’tkaza olmaydi. Shuning uchun .UZ domen ro’yxatga o’tkazmoqchi bo’lgan shaxslar quyidagi kompaniyalardan biriga murojaat qilishlari mumkin.

KDNga maktublar: Hosting olish uchun to’liq ma’lumot

9 Iyunda Ja… yuborgan savol:

Hosting olish uchun to’liq ma’lumot bering.

Javob:

Hurmatli Ja…,

Avvalo, hosting xizmatimizga bildirayotgan qiziqishingiz uchun tashakkur.

Hosting olish uchun saytimizda ko’rsatilgan paketlardan birini tanlashingiz lozim: http://www.kamalak.net/xizmatlar/hosting.php

So’ngra o’zingiz uchun qulay bo’lgan to’lov turini bildirishingizni so’raymiz. Hozirda naqd pul (faqat Toshkent shahrida bo’lsangiz), PayPal, Webmoney va Visa/Master kartochkalari orqali pul o’tkazish yo’li bilan to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Hurmat bilan,
Shuhrat

Bir yillik .CN domeyni – atiga 3$

KamalakDotNet 10 kunlik .CN TLD tadbirini e’lon qiladi. Ushbu 10 kun davomida .CN domeyn zonasida xohlaganiz (albatta avvaldan band bo’lmagan) domeynni atiga 3$ to’lov badaliga bir yilga ro’yxatdan o’tkazishingiz mumkin.

Nima uchun .CN?

10 kunlik tadbir mobaynida eng arzon narxda dunyoning beshdan bir aholisini tashkil qiluvchi Xitoy davlat domeyniga ega bo’lishingiz va kompaniyangiz dovrug’ini dunyodagi eng ulkan bozorga bildirishingiz mumkin bo’ladi. Bundan tashqari .CN “mahalliy” domeyn nomiga ega bo’lgan kompaniya bilan ishlashda Xitoylik mijozlarga o’ziga yarasha ishonch beradi. Agar Xitoy bozorida yangi bo’lsangiz, .CN domeyni Xitoyda o’z kompaniya brendingizni keng yoyishga bo’lgan ilk qadamlaringizda yordamchi bo’ladi. Bu xatto, hozirda .COM yoxud .NET zonalarida domeynga ega bo’lgan kompaniyalar uchun ham foydalidir.

Qolaversa, hozirda .CN domeyn zonasi 13 milliondan ortiq faol domeynlari bilan xatto .NET TLD zonasidan ham mashxur bo’lishga erishdi. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang – hoziroq .CN domeyni ro’yxatdan o’tkazish uchun murojaat qiling.

Yandi TLD – .TEL

2008 yil 3 Dekabrdan boshlab yangi TLD, .tel, uchun ro’yxatdan o’tkazish boshlanadi.

Ushbu TLD‘ning boshqalaridan eng katta farqi shuki, ma’lumotlar uchun xosting DNS‘ning o’zida bo’ladi. .tel‘ning asosiy maqsad va vazifalari quyidagichadir:

  • Kompaniya, tashkilot va shaxslarning barcha aloqa vositalari hamda ma’lumotlarini (manzil, tel/faks, IM, VOIP, veb/e-mail, ijtimoiy netvorklar v.h.k) bir joyda integratsiya qilish;
  • Aloqa vositalari ma’lumotlarini bevosita internetda chop etish (real-time);
  • Shaxsiy va tijoriy ma’lumotlarni himoya qilish;
  • Kompaniya va shaxslarga bog’lanishning qulaylashtirish;
  • Mobil uskunalar orqali ma’lumotlar olishga global sharoit yaratish;
  • Ko’p tillik, izlash sistemalariga moslashtirilgan ma’lumot yetkazish.

.tel TLD uchun ro’yxatdan o’tkazish 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Sunrise – birinchi bosqich, “Tong”. Bu bosqichda faqatgina davlat(lar) ro’yxatidan o’tgan savdo markalari egalarigina qatnasha oladilar va domen ro’yxatdan o’tkazish murojaatlari maxsus guruh tomonidan tekshiruvdan o’tkaziladi. Yuqorida aytilganidek, bu bosqich 3 Dekabrdan boshlanadi.
  2. Landrush – ikkinchi bosqich, “Hamla”. Bu bosqichda .tel domenlari maxsus (qimmat) narxlarda taklif qilinadi hamda eng kam ro’yxatdan o’tkazish muddati 3 yil bo’ladi. “Hamla” bosqichi barcha uchun ochiq bo’lib, 2009 yil 3 Fevraldan 23 Martgacha davom etadi.
  3. General Availability – so’nggi bosqich, “Umumiy ro’yxatdan o’tkazish”. Bu bosqich 2009 yil 24 Martdan boshlanadi va barcha uchun ochiq bo’ladi. Domen ro’yxatdan o’tkazish, umumiy qoidalardagi kabi, eng kamida bir yillik muddat bilan amalga oshiriladi.

.tel uchun ro’yxatdan o’tkazish hali boshlanmagan bo’lsada, Telnic saytida ushbu TLD qanday ishlashini sinab ko’rishingiz mumkin: vip.tel

KDNga maktublar: WebMoney hisob raqamimni qanday to’ldiraman?

27 Avgustda Abdu… yuborgan savol:

WebMoneyda hisob raqamimni qanday to’ldirishim mumkin, iltimos batafsilroq javob yozsangiz.

Javob:

Avvalo, bizlarga maktub yo’llaganingizdan bag’oyat minnatdor ekanligimizni izhor qilsak.

Murojaat qilganingiz savol borasida esa, bizlarning WebMoney’ga to’g'ridan-to’g'ri hech qanday aloqamiz yo’qligini bildirib o’tsak. Bevosita savolingizning javobi esa quyidagicha:

WebMoney hisob raqamini to’ldirishning bir necha usullari mavjud:

Shulardan o’zingiz uchun qulay bo’lgan birortasi orqali o’z WebMoney hisob raqamingizni to’ldirib olishingiz mumkin.

Hurmatla,
Shuhrat

30 kunlik pulni qaytarib olish xizmati nima?

Bizda hosting olganingizdan boshlab 30 kun ichida fikringiz o‘zgarib xizmatimizdan foydalanish niyatidan qaytsangiz, Sizga to‘lagan pulingizni qaytarib beramiz.

Pul o’tkazishning qanday usullaridan foydalana olaman?

Xizmarlarimiz uchun

  • Naqd (faqat Toshkent shahrida to’lovchilar uchun),
  • Webmoney,
  • Visa,
  • va Paypal

tizimlaridan to’lovlar qabul qilamiz.