Bir yillik .CN domeyni – atiga 3$
By KDN on Dek 14, 2008 in Domeynlar
KamalakDotNet 10 kunlik .CN TLD tadbirini e’lon qiladi. Ushbu 10 kun davomida .CN domeyn zonasida xohlaganiz (albatta avvaldan band bo’lmagan) domeynni atiga 3$ to’lov badaliga bir yilga ro’yxatdan o’tkazishingiz mumkin.
Nima uchun .CN?
10 kunlik tadbir mobaynida eng arzon narxda dunyoning beshdan bir aholisini tashkil qiluvchi Xitoy davlat domeyniga ega bo’lishingiz va kompaniyangiz dovrug’ini dunyodagi eng ulkan bozorga bildirishingiz mumkin bo’ladi. Bundan tashqari .CN “mahalliy” domeyn nomiga ega bo’lgan kompaniya bilan ishlashda Xitoylik mijozlarga o’ziga yarasha ishonch beradi. Agar Xitoy bozorida yangi bo’lsangiz, .CN domeyni Xitoyda o’z kompaniya brendingizni keng yoyishga bo’lgan ilk qadamlaringizda yordamchi bo’ladi. Bu xatto, hozirda .COM yoxud .NET zonalarida domeynga ega bo’lgan kompaniyalar uchun ham foydalidir.
Qolaversa, hozirda .CN domeyn zonasi 13 milliondan ortiq faol domeynlari bilan xatto .NET TLD zonasidan ham mashxur bo’lishga erishdi. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang – hoziroq .CN domeyni ro’yxatdan o’tkazish uchun murojaat qiling.
Post a Comment