WebMoney haqida

WebMoney Transfer hisob tizimi real vaqt sharoituda WebMoney (WM) titul birliklarida hisob-kitobkarni amalgam oshirish imkoniyatini yaratadi. Titul birliklarining harakati mijoz tomonidan WM Keeper dasturi yordamida amalgam oshiriladi.
Dastur bir necha turdagi turli aktivlar bilan ta‘minlangan va tegishli hamyonlarda saqlanadigan titul birliklari harakatini ta‘minlaydi:

  1. WMR – RUR ning R-hamyonlardagi ekvivalenti
  2. WME – EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti
  3. WMZ – USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti
  4. WMU – UAH ning U- hamyonlardagi ekvivalenti
  5. WMY – UZS ning Y- hamyonlardagi ekvivalenti
  6. WM-C va WM-D – WMZ ning C- va D- hamyonlardagi kredit operatsiyalari uchun ekvivalenti

Mablag‘larni o‘tkazishda bir turdagi hamyonlardan foydalaniladi, turli hildagi titul birliklarini ayira boshlash uchun ayira boshlash shahobchalaridan foydalaniladi.

WebMoney Transfer tizimi orqali Siz:

  • Internet-do‘konlari orqali tovarlarni – kitoblar, filmlar, musiqa, fiyl va dasturlarni harid qilish;
  • Uyali aloqa, Internet, IP-telefoniya, obuna va biletlar uchun to‘lovlarni amalgam oshirish;
  • Boshqa Internet foygalanuvchilaridan Siz taklif qilayotgan Tovar va hizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish;
  • Avtomat rejimda saytlarda reklama o‘rinlarini harid qilish va sotish;
  • Mablag‘laringizni telefon orqali boshqarish: o‘tkazmalarni qabul qilish, haridlar qilish, telefon operatorlari bilar hisob-kitoblarni real vaqt rejimida amalgam oshirish;
  • Ikkala tomonning majburiyatlarini bajarilishi kafolatlangan holda savdo/sotiq bitmlarini tuzish, qo‘shma moliyalash, hizmatlar ko‘rsatish;
  • Kompyuteringizdan uzoqlashmagan holda mablag‘larni biznesga investisia qilish, kredit olish;
  • Hamkorlaringiz bilan on-line muloqot, himoyalangan pochta vositalari orqali konfedensial ravishda ma‘lumotlarni almashish;
  • Muomalaga Sizga tegishli bo‘lgan aktivlar – mol-mulk, pul, qarz majburiyatlari bilan ta‘minlangan o‘z shahsiy hisob-kitob instumentlarini chiqarish;
  • Noqonuniy ko‘chirma qilishdan himayalangan formatdagi dasturiy mahsulotlar va electron kitoblarni tarqatish;
  • Foydalanuvchilarning cheklangan guruhi doirasida byudjetning kollektiv boshqaruv mehanizmlarini islatish, byurjetlashtirishning algoritmlarini belgilash, mablag‘ va mulkiy huquqlarning taqsimlanishini nazorat qilish;
  • WebMoney Transfer ning hamkorlik dasturlarida ishtirok etib haq olish imkoniyatlaga ega bo‘lasiz.

Shu yo‘l bilan, WebMoney Transfer Internet tizimida havfsiz hisob-kitoblarni amalgam oshirish sharoitini ta’minlaydi va tizimdagi turli hildagi tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashadi.