WebMoney – internetdagi hisob-kitoblaringiz uchun eng qulay vosita

Bankda o’zingiz istaginingizcha tasarruf qila oladigan hisob raqamingizga egamisiz? Eng katta bozor bo’lmish internetda sotilayotgan arzon mahsulotlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishni istaysizmi?

Buning uchun WM Keeper Classic dasturini kompyuteringizga o’rnatishingiz va o’zingiz uchun hisob raqami ochishingiz kifoya.

WM Keeper Classic sizning kompyuteringizda o’rnatiladigan aloxida dastur ko’rinishida tuzilgan. Instalyatsion arxivni so’nggi versiyasini http://webmoney.ru veb sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin. Shundan so’ng olingan faylni ishga soling va ekranda paydo bo’luvchi ko’rsatmalarga qarab ish ko’ring.

Ro’yxatdan o’tish jarayonida sizga betakror 12 xonali WM-identifikatori beriladi. Buning uchun WM Keeper Classic dasturi ikkita:

  • kalit uchun (odatda u *.kwm kengaytmasiga ega bo’ladi) va
  • xamyonlaringiz uchun (*.pwm kengaytmasiga ega bo’ladi) faylar tuzadi.

Sizga bu fayllarni saqlash uchun joyni ko’rsatish taklif etiladi. Keyinchalik siz uni «Безопасность» dialogida (dastur menyusining «Настройка программы» bandi) o’zgartirishingiz mumkin.

WM Keeper Classic dasturi start menyusidan ishga tushiriladi. Ekranda dasturga kirish dialogi paydo bo’lgach, «Вход» tugmasini bosib, ro’yxatga o’tish paytida tayinlangan o’z WM-identifikatoringiz va parolingizni kiriting. Dastur sertifikatlashtirish serveriga ulanadi (Online xolati). So’ng siz bemalol WM-xamyonlaringizni ko’rasiz va tizim doirasida internet orqali pul qabul qilib olish va jo’natish operatsiyalarini bajarish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Post a Comment