Google Apps yordamida shaxsiy elektron pochtaga ega bo’ling

Endi KamalakDotNet orqali domen yoxud xosting sotib olgan mijozlarimiz o’zlari uchun shaxsiy elektron pochta adresi ochishlari mumkin. Bunday imkoniyat Google Apps yordamida amalga oshirildi.

Quyida xosting boshqaruv paneli (cPanel) orqali shaxsiy elektron pochta adresini ochish uslubini ko’rsatib o’tamiz.

1. Avvalo Google Apps’ning shaxsiy elektron pochta adres ochish sahifasiga o’tamiz: http://www.google.com/apps/intl/ru/group/index.html (ingliz tilida ishlash qulayroq bo’lgan foydalanuvchilar ushbu sahifadan foydalanishlari mumkin).

2. So’ngda “Начало работы” tugmamsiga bosamiz:
google_apps-get_started

3. Yangi ochilgan sahifadagi “Я хочу использовать существующее имя домена” bo’limidan “Администратор: Я являюсь владельцем этого домена или контролирую его” punktini tanlab, saytimiz nomini kiritamiz va yana bir bor “Начало работы” tugmasiga bosamiz:
google_apps-domain-new

4. Keyingi sahifada chiqqan formani to’ldiramiz: ism, familiya, alternativ elektron pochta adresi, telefon raqami va qaysi davlatdan ekanligini ko’rsatish shart; qolgan bo’limlarni to’ldirish ixtiyoriy.
“Я понимаю, что если записи DNS для моего домена не будут изменены, это может отрицательно повлиять на возможность использования Служб Google в моей компании.” qutisini qo’rqmasdan belgilaymiz, bu ogohlantirish qanday ma’no bildirishini tushunmagan bo’lsangiz ham hech xavotirga o’rin yo’q. Keyingi sahifalarda ushbu ogohlantirishda aytib o’tilgan ishlarni amalga oshiramiz. Xullas, ma’lumotlarni kiritgach “Далее” tugmasini bosamiz.

5. Yangi ochilgan sahifada shaxsiy elektron pochtalarni boshqaruvchi administrator hisobini ochamiz. Ochilgan formaga kerakli ma’lumotlarni kiritib, “Сроки и условия” shartlarini o’qib chiqqach “Принимаю. Продолжить настройку »” tugmasiga bosamiz:
google_apps-create_admin_account

6. Yangi ochilgan sahifa Google Apps boshqaruv paneli hisoblanadi. Sahifaning yuqorisida “Чтобы активировать Службы Google, необходимо подтвердить, что вы являетесь владельцем домена misol.uz. Подтвердите право собственности” ogohlantirish yozuviga ko’zingiz tushadi. Marhamat, “Подтвердите право собственности” tugmasiga bosing va “Выберите метод проверки”dan “Загрузить файл HTML” uslubini tanlang:
google_apps-verify_ownership

7. Endi brauzerden yangi oyna ochib, xosting boshqaruv paneliga (cPanel) o’tamiz va u yerda fayl menejerni (Диспетчер файлов) ochamiz. U yerdan public_html papkasiga o’tib, chap yuqori burchakdagi yangi fayl yasash tugmasiga (Новый файл) bosamiz.
cpanel_file-manager_new-file

8. Fayllar ro’yxatida googlehostedservice.html degan fayl paydo bo’ladi, shu faylni tanlab yuqoridagi menyudan fayl kodini taxrirlash tugmasini (Редактор исходного текста) bosamiz va yangi ochilgan oynaga Google Apps oynasida berilgan kodni kiritib (bizning misolimizda ushbu kod “googleffffffffe619eea9″ ko’rinishiga ega, bu har kimda har xil bo’ladi), faylni saqlaymiz (Сохранить изменения).

cpanel_file-manager_edit-file

9. Google Apps boshqaruv panelidagi tasdiqlash tugmasini bosamiz (Подтвердить).

10. Xosting boshqaruv paneliga (cPanel) o’tamiz va “Запись MX” sahifasini ochamiz. Bu yerdan birma-bir yangi MX ma’lumotlarini kiritamiz, birinchisi quyidagicha bo’ladi:
cpanel_MX-records-1

Jami 6 ta MX ma’lumotlari kiritamiz, har safar yangi ma’lumot kiritgach “Изменить” tugmasini bosamiz:

Приоритет: 0 на: aspmx.l.google.com
Приоритет: 5 на: alt1.aspmx.l.google.com
Приоритет: 10 на: alt2.aspmx.l.google.com
Приоритет: 15 на: aspmx2.googlemail.com
Приоритет: 20 на: aspmx3.googlemail.com
Приоритет: 25 на: aspmx4.googlemail.com

Xullas, “Текущие записи MX” bo’limida natija quyidagi ko’rinishda bo’lishi kerak:
cpanel_MX-records-2

11. Yuqoridagi barcha qadamlarni to’g'ri bajargan bo’lsangiz, yangi pochta xizmati tayyor bo’ldi degani. Endi sizdan faqat Google Apps boshqaruv panelidan do’stlaringiz yoxud hamkasblaringiz uchun yangi pochta adreslarini ochish qoldi.

4 Comment(s)

  1. Assalamu alaykum

    Yuqoridagi malumotlar uchun judayam katta rahmat, Ishlaringizga omadlar tilab qolaman…

    Mijozingiz

    Obidjon

    Obidjon | Avg 12, 2009 | Reply

  2. Va alaykum assalam

    Ma’lumotlar foydali bo’lganidan xursandmiz :)

    KDN | Avg 12, 2009 | Reply

  3. qanday qilib cPanel ga o’tiladi va dispetcher faylni topiladi

    Bahodir | Avg 14, 2009 | Reply

  4. Bahodir,

    cPanelga http://saytadresi.uz/cpanel orqali kirasiz. Fayl menejer esa o’sha ochilgan sahifada bo’ladi.

    KDN | Avg 14, 2009 | Reply

Post a Comment