O’zbek internetida eng qulay va arzon hosting

O‘zbek internetida o‘z shaxsiy veb sahifangizni ochishingiz hali bu qadar oson va qulay bo‘lmagan edi!

Siz agar o‘z firmangiz haqida asosiy ma‘lumotlarni – manzilingiz, mahsulotlaringiz, telefon raqamlaringiz va xizmatlaringizni internetdagi o‘z veb sahifangizga joylashtirmoqchi bo‘lsangiz yoki shahsiy veb sahifangizni tuzmoqchi bo‘lsangiz yillik 6000 so‘m bo‘lgan (ha, yanglish o‘qimadingiz, bir yil uchun atigi olti ming so‘m to‘laysiz holos) “VIZITKA” ta‘rif rejamizdan foydalaning.

Agar siz talaba bo‘lsangiz CMS larning barcha qulayliklari bilan (ma’lumotlar bazasi, PHP va hokazolar) foydalanishga imkon beradigan kichik veb portalingizni o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz “TALABA” nomli yillik 9600 so‘m to‘lovli tarif rejamizdan foydalaning.

Tarif rejalarimiz

WebMoney – internetdagi hisob-kitoblaringiz uchun eng qulay vosita

Bankda o’zingiz istaginingizcha tasarruf qila oladigan hisob raqamingizga egamisiz? Eng katta bozor bo’lmish internetda sotilayotgan arzon mahsulotlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishni istaysizmi?

Buning uchun WM Keeper Classic dasturini kompyuteringizga o’rnatishingiz va o’zingiz uchun hisob raqami ochishingiz kifoya.

WM Keeper Classic sizning kompyuteringizda o’rnatiladigan aloxida dastur ko’rinishida tuzilgan. Instalyatsion arxivni so’nggi versiyasini http://webmoney.ru veb sahifasidan ko’chirib olishingiz mumkin. Shundan so’ng olingan faylni ishga soling va ekranda paydo bo’luvchi ko’rsatmalarga qarab ish ko’ring.

Ro’yxatdan o’tish jarayonida sizga betakror 12 xonali WM-identifikatori beriladi. Buning uchun WM Keeper Classic dasturi ikkita:

  • kalit uchun (odatda u *.kwm kengaytmasiga ega bo’ladi) va
  • xamyonlaringiz uchun (*.pwm kengaytmasiga ega bo’ladi) faylar tuzadi.

Sizga bu fayllarni saqlash uchun joyni ko’rsatish taklif etiladi. Keyinchalik siz uni «Безопасность» dialogida (dastur menyusining «Настройка программы» bandi) o’zgartirishingiz mumkin.

WM Keeper Classic dasturi start menyusidan ishga tushiriladi. Ekranda dasturga kirish dialogi paydo bo’lgach, «Вход» tugmasini bosib, ro’yxatga o’tish paytida tayinlangan o’z WM-identifikatoringiz va parolingizni kiriting. Dastur sertifikatlashtirish serveriga ulanadi (Online xolati). So’ng siz bemalol WM-xamyonlaringizni ko’rasiz va tizim doirasida internet orqali pul qabul qilib olish va jo’natish operatsiyalarini bajarish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

WebMoney haqida

WebMoney Transfer hisob tizimi real vaqt sharoituda WebMoney (WM) titul birliklarida hisob-kitobkarni amalgam oshirish imkoniyatini yaratadi. Titul birliklarining harakati mijoz tomonidan WM Keeper dasturi yordamida amalgam oshiriladi.
Dastur bir necha turdagi turli aktivlar bilan ta‘minlangan va tegishli hamyonlarda saqlanadigan titul birliklari harakatini ta‘minlaydi:

  1. WMR – RUR ning R-hamyonlardagi ekvivalenti
  2. WME – EUR ning E-hamyonlardagi ekvivalenti
  3. WMZ – USD ning Z-hamyonlardagi ekvivalenti
  4. WMU – UAH ning U- hamyonlardagi ekvivalenti
  5. WMY – UZS ning Y- hamyonlardagi ekvivalenti
  6. WM-C va WM-D – WMZ ning C- va D- hamyonlardagi kredit operatsiyalari uchun ekvivalenti

Davomi »

Xush kelibsiz!

Bu KamalakDotNet blogidagi birinchi postimizdir. Ushbu blog orqali sizlar bilan hosting, dizayn va elektron to‘lovlar bo‘yicha fikr-muloxazalar almashinamiz.