KamalakDotNet. Doimo siz bilan.

[Kompaniya haqida]

Ishonchli xizmat taklifi.
Ishonchli netvork hamda kompaniya qidirayotgan bo‘lsangiz,
KamalakDotNet aynan o‘sha siz izlagan joydir.

Kompaniya haqida

Kompaniya haqida ma’lumotlar

Xo‘sh, biz kimmiz va maqsadimiz nima?

Aslida bu saytni biznes qilib boyib ketish uchun tuzmadik.

Kompyuter dasturlarini tuzuvchilar sifatida faoliyatimizni ilk boshlaganimizda o‘z mahsulotlarimizni boshqa mamlakatlardagi dasturlovchilar e’tiboriga havola qilish, ularning kamchiliklarini aniqlash va kelajakda raqobatbardosh dasturlar tayyorlash juda muhim edi. Buning uchun eng avvalo o‘z saytimizga ega bo‘lishimiz lozim edi.

O‘zbekistonda bundan bir necha yil avval o‘z veb saytlarimizni tuzib, Internetda joylashtirishda ko‘plab muammolarga duch kelgan edik. Muammolar - talablarimizga javob beradigan hosting topishdan tortib, o‘zimiz istagan domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va bu xizmatlar uchun pul to‘lashgacha - har qadamda ishimizni orqaga surib qo‘yardi.

Hozirda bu muammolar biz uchun ortda qolgan bo‘lsada, boshqa yurtdoshlarimiz uchun hamon dolzarblik kasb etmoqda.

Shu yuzdan yurtdoshlarimizga zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shu bilan birga O‘zbek internetini jamiyatimiz uchun ma’naviy va ma’rifiy manba bo‘lishiga hissa qo‘shishni maqsad qilib mazkur saytni tuzdik.

Narxlarimizga e’tibor bersangiz, ularning juda arzon ekanligiga amin bo‘lasiz.